Jamiyat
2022-yilning 12 oyi mobaynida Toshkent shahrida 1200 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok boʻlganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.
Toshkent shahar IIBBning maʼlum qilinishicha, yoʻl-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir boʻlgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.
Shuningdek, haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir boʻlgan YTHlar tahlili ham taqdim etildi.
Unga koʻra, eng koʻp uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish boʻlgan — 370 ta holat. 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga oʻtgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida oʻtirgan shaxslarning mast holatda boʻlganligi sababli sodir boʻlgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib kelgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q