Vatan madh etilgan sheʼrlar, harbiylarning chiqishi va tik turib tinglangan qoʻshiq. Toshkentda “Vatan manzumasi” adabiy-maʼrifiy dasturi oʻtkazildi

Saqlash
15:22 / 27.01.2023 2135 0

26-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Vatan manzumasi” adabiy-maʼrifiy dasturi boʻlib oʻtdi.

 

 

Mudofaa vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda turli soha vakillari va harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda vatan himoyasiga otlangan yosh kursantlar ham ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Kechada marhum va zamondosh shoirlarning vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi sheʼrlari yosh ijodkorlar tomonidan oʻqib eshittirildi. Xalq tanigan shoirlar esa oʻz sheʼrlarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildi. Sanʼatkorlar oʻz navbatida yurt mavzusidagi kuy-qoʻshiqlari bilan yigʻilganlarni xushnud etdi.

 

 

 

 

 

 

Harbiylarning chiqishlari tadbirga oʻzgacha fayz ulashganini alohida qayd etish kerak.

 

Tadbirni Sevara Nazarxon tomonidan kuylangan “Ulugʻimsan, Vatanim!” qoʻshigʻi yakunlab berdi. Uni butun zal tik oyoqda turib tinglagani eʼtiborga molik jihatlardan biri boʻldi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//