Jamiyat
“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20 son, 25.01.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
— “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman oʻtkaziladi;
— “Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targʻibot dasturi amalga oshiriladi;
— Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bagʻishlab suratga olinayotgan “Yoʻlbarsning tugʻilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari koʻriladi;
Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:
— oʻzbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning toʻldirilgan uchinchi nashri;
— “Bobur” kitob-albomi;
— Bobur asarlari lugʻati;
— Bobur devonining mukammal nashri.
2023/2024 oʻquv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yoʻnalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.
2023-yil 1-avgustgacha oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112115
Jamiyat
94798
Jamiyat
90839
Jamiyat
75638
Jamiyat
//
Izoh yo‘q