Zominda bo‘rilar va Turkiston silovsini fotoqopqonlarga tushib qoldi

Saqlash
19:42 / 26.01.2023 1306 0

«Zomin» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarga hududda ozuqa izlab yurgan bo‘rilarning suratlari tasvirga olindi, deya xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati.

 

Har ikkala tasvirda bo‘rilar har xil vaqtlarda ammo bitta yo‘ldan yurganini ko‘rish mumkin.

 

Zomin davlat qo‘riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududida joylashgan. Uning maydoni deyarli 27 ming gektarni tashkil qiladi.

 

Bir necha kun oldin esa Turkiston silovsini paydo bo‘lgan kadrlar e’lon qilingandi.

 

Ushbu jonivor asosan tog‘larning o‘rta va yuqori qismlari (alp o‘tloqlari zonasining bargli o‘rmon va archazorlar qoplagan quyi chegarasigacha), ko‘pincha sochma-toshloq va qoyalarga yaqin joylarda yashaydi.

 

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxati va O‘zbekiston «Qizil kitobi» ga kiritilgan. Asosan tunda, ba’zan kunduzi ham faol, boshqa paytlari chakalakzor butalar orasiga berkinib yotadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//