Jamiyat
“Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati filiali sobiq boshligʻi MCHJlardan birining rahbari bilan til biriktirib, jamgʻarmaning 1,8 mlrd soʻm pullarini talon-toroj qilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
“Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni boʻyicha batafsil axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73020
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q