Jamiyat
Gʻozgʻon Oʻzbekistondagi aholisi eng kam boʻlgan shahar ekanligi maʼlum qilindi.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Navoiy viloyatidagi shaharda 9,1 ming kishi istiqomat qiladi.
Qayd etish kerak, Nurota tumanidagi Gʻozgʻon shaharchasi 2020-yilning sentyabr Gʻozgʻon shahri etib oʻzgartirilib, Gʻozgʻon shahri viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilib, shahar hokimligi tashkil qilingan.
Agentlik taqdim etgan maʼlumotlardan 19,3 ming aholisi boʻlgan Shirin shahrida (Sirdaryo) ham bu koʻrsatkich ancha pastligini koʻrish mumkin.
Oʻzbekistonda doimiy aholisi soni eng kam boʻlgan shaharlar:
— Gʻozgʻon shahri – 9,1 ming kishi;
— Shirin shahri – 19,3 ming kishi;
— Ohangaron shahri – 40,7 ming kishi;
— Xonobod shahri – 45,0 ming kishi;
— Yangiyer shahri – 46,8 ming kishi;
— Nurafshon shahri – 54,1 ming kishi;
— Kogon shahri – 63,8 ming kishi;
— Yangiyoʻl shahri – 81,9 ming kishi;
— Zarafshon shahri – 86,5 ming kishi;
— Kattaqoʻrgʻon shahri – 93,6 ming kishi.
Avvalroq respublikadagi aholisi eng koʻp shaharlar haqida ham maʼlumot berilgandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q