Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “yoʻl xaritasi” boʻyicha bayonot berdi

Saqlash
21:27 / 25.01.2023 1104 0

Kecha, 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va unda Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, imzolangan “yoʻl xarita”ga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni va oʻrganishni kelishib olindi.

 

Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.

 

«Shuni alohida ta’kidash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda «Yo‘l xaritasi»da O‘zbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini to‘liq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q», — deyiladi xabarda.

 

Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//