Jamiyat
Buxoroda «Sinepar» siropini ichish tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani haqidagi xabarlar asossiz, deyiladi SSV munosabatida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.
«Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmasalik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi», – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalar uchun xavfli dorilar ro‘yxati e’lon qilingandi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
109733
Jamiyat
94112
Jamiyat
89902
Jamiyat
73103
Jamiyat
//
Izoh yo‘q