Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda
Sport
19:06 / 25.01.2023
1419
0
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar (U 22) o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida O‘zbekistondan 18 nafar sportchi finalga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eng ko‘p finalchi (umumiy):
- O‘zbekiston — 18 nafar finalchi
- Qozog‘iston — 8
- Tailand — 7
- Mo‘g‘uliston — 5
- Xitoy — 4
- Filippin — 2
- Kambodja, Indoneziya, Nepal, Vetnam — 1 nafardan.

Ayollar o‘rtasidagi yarim final natijalari:
- 48 kg gacha: Farzona Fozilova — Tipsacha Yodvara (Tailand) 5:0;
- 50 kg gacha: Sabina Boboqulova — Kay Chi (Singapur) 5:0;
- 52 kg gacha: Feruza Kazakova — Thi Nguyen (Vetnam) 5:0;
- 54 kg gacha: Nigina O‘ktamova — Anel Sakish (Qozog‘iston) 5:0;
- 57 kg gacha: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grefeeva (Qozog‘iston) 4:1;
- 63 kg gacha: Ziyoda Yarashova — Tananya Somnuek (Tailand) 0:5;
- 66 kg gacha: Navbahor Xamidova — Ankar Ichshanova (Qozog‘iston) 5:0;
- 81 kg gacha: Saxobat Xusanova — Pornipa Chuti (Tailand) 0:5.
Final bahsida Aziza Zokirova va Sohiba Ro‘zmetova ham ringga ko‘tariladi.
25-yanvar kuni qizlar o‘rtasidagi final janglarida:
- 48 kg gacha: Farzona Fozilova — Susma Tamang (Nepal) (boshlanishi soat 12:00);
- 50 kg gacha: Sabina Boboqulova — Tran Nguyen (V’etnam) (12:15 dan keyin);
- 52 kg gacha: Feruza Kazakova — Dashuang Tang (Xitoy) (12:30 dan keyin);
- 54 kg gacha: Nigina O‘ktamova — Guiying Feng (Xitoy) (12:45 dan keyin);
- 57 kg gacha: Sitora Turdibekova — Zolyargal Battur (Mo‘g‘uliston) (soat 13:00 dan keyin);
- 66 kg gacha: Navbahor Xamidova — Tsetsegdari Myagmarsuren (Mo‘g‘uliston) (13:45 dan keyin);
- 70 kg gacha: Aziza Zokirova — Jasmin Kiyatova (Qozog‘iston) (14:00 dan keyin);
- 75 kg gacha: Sohiba Ro‘zmetova — Bayson Manikon (Tailand) (14:15 dan keyin).
Ma’lumot uchun, 18−27 yanvar kunlari davom etayotgan turnirda 21 davlatdan 243 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Izoh yo‘q