Jamiyat
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida fuqaro boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida 1 kg 329 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi, deb yozmoqda OʻzA.
DXX viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik moddasi Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan Beshariq tumaniga oʻtkazilgan.
Sirdaryo viloyatidagi holatda esa “Fargʻona – Sirdaryo” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina Guliston shahriga kirish qismida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, undagi yoʻlovchidan 274 dona “Regapen” va 33 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
DXX viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbir davomida ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻizistondan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingani maʼlum boʻldi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73020
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q