Fargʻonada erkak homilador ayolini mashinada yoqib yubordimi? Prokuratura tafsilotlarni ochiqladi

Saqlash
09:01 / 25.01.2023 1191 1

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonada erkak homilador ayolini mashinaga solib yoqib yuborgani aytilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil 24-yanvar kuni soat taxminan 19:00 larda fuqaro M.U. Matiz rusumli avtomashina boshqaruvida homilador turmush oʻrtogʻi (sharʼiy nikoh asosida) 1987-yilda tugʻilgan M.X.ni shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida, turmush oʻrtogʻi uni rashk qilgan holda ogʻzaki janjallashib kelgan.

 

M.U. turmush oʻrtogʻi bilan gaplashib olish maqsadida, avtomashinani Fargʻona shahridagi “Neftchi” stadioni roʻparasida toʻxtatgan.

 

Shu vaqtda avtomashina orqa oʻrindigʻida oʻtirgan M.X. (ayol) oʻzi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi “benzin” yoqilgʻisini dastlab turmush oʻrtogʻi M.U.ni, keyinchalik esa oʻzini va avtomashina saloni ichiga sepib, yoqmoqchi boʻlgan.

 

Turmush oʻrtogʻining ushbu harakatidan qoʻrqib ketgan M.U. avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda M.X. yondirgich (zajigalka) bilan oʻzini va avtomashinani yoqib yuborgan.

 

Chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yongʻin tezkorlik bilan oʻchirilib, tez-tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan avtomashina salonida boʻlgan marhuma M.X.ning yongʻin natijasida tugʻilgan oʻgʻil jinsli chaqalogʻini hayoti saqlab qolingan.

 

Biroq shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, chaqaloq shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “b” bandi (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 Izoh

Mahliyoxon

06:01 / 01.01.1970

Qanday qilib shifoxonadan uyiga olib ketilayotgan ayol òzi bilan birga uydan benzin olib chiqadi? Xomilador ayol òzini òylamasa ham bolasini òylab òzini asraydi. Bu yonĝinni eri uyushtirganga òxshaydi

Izoh qoldirish