Bosh prokuratura akademiyasi binosi sotuvga qo‘yildi

Saqlash
16:06 / 24.01.2023 1137 0

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi bino va inshootlari auksionga qo‘yildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

 

Umumiy maydoni 9 560 kv.m bo‘lgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizasiya mavjud.

 

Lotning boshlang‘ich narxi 171,5 mlrd so‘m, zakalat puli esa 8,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

 

Auksion 20-fevral kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//