Jamiyat
Namangan viloyatida xizmat olib borayotgan YPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi.
YHXX matbuot xizmatining maʼlum boʻlishicha, 4P-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻlining 20 kilometrida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati YHXB YPX 5-safarbarlik guruhi xodimlariga yoʻl chetida toʻxtab turgan Cobalt avtomashina ichidan ayol kishi tushib, kelinini tugʻruqxonaga olib borishda koʻmak soʻragan.
Xizmat mashinasida olib ketilayotgan vaqtda ayolning holati yomonlashadi, xodimlar tez yordamni kutmay tugʻruqxona tomon harakatni davom ettirgan. Ammo chaqaloq manzilga yetib ulgurmay, YPX avtomobilida dunyoga kelgan.
Shifokorlar tomonidan zudlik bilan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida ona va qizning salomatligiga hech qanday ziyon yetmagani qoʻshimcha qilingan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111012
Jamiyat
94505
Jamiyat
90440
Jamiyat
74474
Jamiyat
//
Izoh yo‘q