Jamiyat
O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, ko‘llar, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi.
FVV ushbu masala yuzasidan aholini ogohlantirdi.
Ushbu hududlarda aholi, ayniqsa, yosh bolalar ko‘ngil ochish maqsadida konki va chanalarda uchishmoqda. So‘nggi kunlarda havo harorati anchayin iliqlashgan bo‘lsa-da, ko‘llarni qoplagan muzlar erib ketgani yo‘q. Respublikamiz hududlaridagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmaganligi sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etadi, deyiladi murojaatda.
Jahon
Ilm-fan
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112292
Jamiyat
94968
Jamiyat
91089
Jamiyat
75853
Jamiyat
//
Izoh yo‘q