Jamiyat
Joriy yil 25-yanvar sanasidan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
«Joriy yilning 14-yanvar sanasidan respublikamiz hududida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i ta’minotida vujudga kelgan muammolar, ya’ni yog‘ilg‘i tanqisligi va turli nosozliklar paydo bo‘lgani, shuningdek, respublika iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Ushbu fors-major holati haqida Afg‘oniston energetika tashkiloti ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va ichki iste’molga mo‘ljallangan elektr energiyasi eksportga yo‘naltirmaydi.
Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg‘onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q