Jamiyat
2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.
Endilikda bola tugʻilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDY boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDY boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDY boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.
Maʼlumot uchun, mazkur tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q