Jamiyat
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning maʼlum qilishicha, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) 27-yanvardan boshlab qayta ishga tushiriladi.
Mazkur tizimning ishga tushirilishi natijasida elektrdan qarzdorligi mavjud isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
“Tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud toʻlov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, — deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” xabarida.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatdagi sovuq ob-havo tufayli qarzdorligi mavjud isteʼmolchilarning vaqtincha tarmoqdan uzilmasligi taʼminlangandi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111012
Jamiyat
94505
Jamiyat
90440
Jamiyat
74474
Jamiyat
//
Izoh yo‘q