Jamiyat
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi mas’ul xodimi Obidjon Dilmurodov iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 19 yanvar kuni elektr stansiyalar orqali 221 mln 200 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va shuncha hajmda iste’molchilarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, gaz ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarga 141 mln 700 ming kub metr tabiiy gaz va 2 ming 200 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Iste’molchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida 4 ming 500 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilgan.
Elektr ta’minotdagi uzilishlar bo‘yicha iste’molchilardan 710 ta, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha 462 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlar yuzasidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigadalar tomonidan tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda va bartaraf etilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q