Jamiyat
“Oʻzgidromet” 20-yanvar, juma kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q