Jamiyat
Ob-havo sharoiti hamda harakat yoʻnalishi boʻylab avtomobil yoʻllaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 19-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasidan xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.
Transport vazirligi 19-yanvar, dushanba kuni “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari roʻyxatini taqdim etdi:
12:00 | Toshkent – Moskva (chipta narxi 1 011 000 soʻm);
16:00 | Toshkent – Olmaota (chipta narxi 200 000 soʻm);
16:00 | Toshkent – Ostona (chipta narxi 361 000 soʻm);
17:00 | Toshkent – Turkiston (chipta narxi 111 000 soʻm);
18:00 | Toshkent – Qiziloʻrda (chipta narxi 161 000 soʻm);
18:00 | Toshkent – Olmaota (chipta narxi 200 000 soʻm);
18:00 | Toshkent – Bishkek (chipta narxi 261 000 soʻm).
Qattiq sovuq sabab Qozogʻiston yoʻllarida avtobusda qolib ketgan oʻzbekistonliklar qutqarilishi bilan bogʻliq bir nechta holatlardan keyin, Oʻzbekistondan xalqaro avtobus qatnovlari 13-yanvardan boshlab vaqtincha toʻxtatilgandi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q