FVV qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun tavsiyalar berdi

Saqlash
21:33 / 18.01.2023 1377 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot boʻlish va iloji boʻlsa, binolardan uzoqroq yurishni tavsiya qildi.

 

Binolarning tomidan qor va sumalaklar tushishi holatlarida xavfsizlik choralari quyidagicha:

 

— Qor massalari, sumalak va muzlar boʻlishi mumkin boʻlgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda oʻynashi va boʻlishiga yoʻl qoʻymang;

 

— Agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud boʻlsa, ulardan oʻtishga urinmang, xavfli joyni boshqa yoʻl bilan aylanib oʻting;

 

— Quloqchin taqqan holda koʻchada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin;

 

— Piyodalar yoʻlakchasi boʻylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqinni eshitsangiz, toʻxtamasligingiz kerak, boshingizni koʻtaring va u yerda nima boʻlganini oʻylab koʻring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan boʻlishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz boʻlishga xizmat qiladi;

 

— Avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar boʻlgan inshootlar yaqiniga qoʻymang;

 

— Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol tez yordam chaqirish kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//