Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasini masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirish nazarda tutilgan. 2023-yil 1-fevralga qadar jamiyat ustav kapitalidagi ulush balans qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.
Jamiyat “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi. AJ Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.
1-martga qadar qozonxonalarni DXSH asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Qoʻshimcha qilinishicha, issiqlik markazlari 2023-yil 1-iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga beriladi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109997
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q