Jamiyat
Chiptalarga chegirma va bepul almashtirib berish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va oʻquvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishki taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.
Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq respublikaning deyarli barcha hududlarida qishki taʼtil muddati 22-yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q