Jamiyat
Tabiatning har bir kuni ham oliy ne'matdir. Qahraton qishning ayozi ham sinovli damlardir. Inson uchun esa, eng avvalo, har kunining tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlikda o‘tishi zaruriyatdir. Har qanday holatda, xoh qahraton sovuqning ayozida chirog‘imiz, gazimiz o‘chib qolishi aslida qay birimiz istaymiz, ayting?
Zero, bu vaqtinchalik sinovli kunlarda ahilligimizni, birdamligimizni yo‘qotishimiz, tinchligimizni yo‘qotishdir. Eh-he, qanday sinovlarni boshidan o‘tkazgan buyuk xalqmiz. Azal-azaldan xalqparvar, tinchliksevar elmiz. Shu bois ham buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka ketadi deyishgan xalqimiz.
Shunday ekan kelinglar, o‘tga moy sepmay, sinovli damlarda xalqqa tinchlik va xotirjamlik o‘rniga turlicha g‘avg‘o tarqatmay, og‘ir va vazminlik bilan bu kunlarni kuzatish barchamiz uchun ham farz, ham qarz, ekanini unutmaylik!
Feruza MUHIDDINOVA
Yuridik fanlari doktori, professor, Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111010
Jamiyat
94505
Jamiyat
90440
Jamiyat
74474
Jamiyat
//
Izoh yo‘q