Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlardan norozi aholi janjal koʻtargani, bir ayol elektr taʼminoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir boʻlgan.
“Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasining dispetcherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʻrgan Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik koʻrsatib, oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan uni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tahdid qilgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Mazkur holat boʻyicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q