Jamiyat
Boshqa maxluqotlardan farqli oʻlaroq, yaratgan Alloh inson zotiga aql, tafakkur, soʻzni bisyor qilib berdi. Iymon boylikni, shukurni berdi, sabrni berdi. Ayni dam barchamiz deyarli bir xil sharoitda yashayapmiz, kun kechiryapmiz. Bir xonada isinib, farzandlarimizga uyda vazifa berib, ular nazoratidamiz.
Qish qishligini qilmoqda. Tabiatning ishiga koʻnmay iloj yoʻq. Shukur, bundan ham battar boʻlishi mumkin edi-ku? Sabr, sovuq asta chekinyapti. Koʻrsatganiga, berganiga, eng muhimi ota bilan onani, yurt nima, millat nima tanitib qoʻyganiga, elga, jamoatga qoʻshganiga shukur!
Oʻzbekiston degan diyorda tugʻilish, uning fuqarosi — bir zarrasi boʻlish — bu faxr, bu iftixor, bu gʻururdir.
Shu yurtga, vatanga xizmat qilish barchamizga sharaf boʻlsin. Bu kunlar ham oʻtadi, ketadi, ammo bunday vaziyatda bir birimizga boʻlgan oqibat qoladi, mehr qoladi, avlodlar qoladi! Hayot davom etadi! Shunday sinovli kunlarda, yurtdoshlarimizning ahilligiga, birligiga koʻz tegmasin.
Mirodiljon BOROTOV
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Davlat va huquqi instituti boʻlim boshligʻi, yuridik fanlar doktori
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q