Jamiyat
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.
Normaʼning yozishicha, hujjatga muvofiq:
davlat xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmati xususiyati, davlat xizmati bilan bogʻliq cheklovlar, ish rejimi xususiyatlari va boshqalar) va 9 ta qoʻshimcha (sinov muddati, maʼlumotlarni oshkor etmaslik talabi) shartlar roʻyxati tasdiqlanmoqda;
davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi 3 yildan ortiq boʻlmagan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi;
davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.
Mehnat shartnomasining mazmuniga:
davlat fuqarolik xizmatchisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiradigan;
kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatchisining, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilgan boʻlsa, ular haqiqiy boʻlmaydi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q