18-yanvar kuni kutilayotgan havo harorati haqida maʼlumot berildi

Saqlash
18:04 / 17.01.2023 1301 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 18-yanvar, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

 

Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//