Jamiyat
Bugungi holatni tahlil qilarkanman, bir fikr keldi. Yaʼni menlar koʻpayib, bizlar oz boʻlgani uchun, sovuq misolida, yolgʻon statistik maʼlumotlar, koʻzboʻyamachilik, faqat oʻzini oʻylab, xalqimizni esidan chiqargan baʼzi masʼuliyatsiz rahbarlarning yuzi ochilishi, albatta, bizni bugungi sovuq kunlariga sabr bardosh bilan, sharqona yurtiga sadoqati bilan bardosh berganimizni muhtaram prezidentimiz roʻy-rost, aniq, dalillar bilan bir necha mutassadi sovuqqon va beparvo rahbarlarini, hattoki lavozimidan ham chetlashtirib, qonuniy jazo koʻrish choralarini talab qildilar.
Biz ham bugungi kunda, barchamiz bir tan, bir jon boʻlib birlashib, qanoat qilib, axir biz covid balosini yengib, hayot tarzimizni davom ettiryapmiz-ku, demak bu kunlarni ham, albatta, bir yoqadan bosh chiqarib, birlashib, bir-birimizga tasalli berib, gʻalaba qilamiz degan umiddaman! Aslida biz oʻzbekistonliklar qanday kunlarni, oʻzimizning oʻzbekona maʼrifatimiz bilan, nimalarni boshimizdan kechirmadik, bu kunlarni ham albatta yengib chiqamiz. Men hamisha talabalik yillarimni qahraton qishning sentabrdan dekabrgacha -25-30 gradusida paxta dalada, qorni qoqib-qoqib paxta terganimiz, dala shiyponda muzlab qolganimizni eslasam, vahimaga tushaman, hech bir mutassadi tashkilot rahbari, hattoki rektorlarimizning ham xayoliga kelmagan, bizni qay ahvolda ekanimiz!
Hozir-chi, Allohimga ming shukr, barcha qiyinchiliklarimizni yurtimiz rahbari oʻzlari koʻrdilar, bizni barcha talab-takliflarimizni eʼtiborga olib, masalani yechimi darhol yechishga bel bogʻladilar. Endi biz ham, vaqtinchalik hayot sinoviga, birlashib, bir- birimizga dalda berib, yaxshi va chiroyli niyatlar bilan, qalbimiz chirogʻini yoqib, hammamiz bir-birimizga malham boʻlib, xolis maqsadlarni amalga oshiramiz degan umiddaman. Biz kuchli, mehr-shafqatli, samimiy va sadoqatli yurt egalarimiz, men oliyjanob vatandoshlarimga ishonaman, bu ham bir vaqtinchalik sinovdir! Biz hammamiz qalbimiz, yuragimiz mehri bilan birlashib, bu yoʻllardan eson-omon chiqib ketamiz, men bunga ishonaman.
Jamila SHERMUHAMMEDOVA, falsafa fanlari doktori, professor
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q