Jamiyat
Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida 16-yanvar kuni kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Majlisda 16-yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda davlat rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va eʼtirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.
Prezident tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb boʻlgan elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Qayd etilishicha, bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, sodir boʻlayotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olingan.
Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qoʻshimcha kuchlarni jalb etish topshirigʻi berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q