Toshkent–Buxoro–Toshkent yoʻnalishidagi uchta poyezd reysi bekor qilindi

Saqlash
22:11 / 13.01.2023 3050 0

“Afrosiyob” poyezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishida qatnovchi uchta reysi bekor qilindi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar qildi.

 

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli, yoʻlovchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida ushbu yoʻnalishda 13, 14, 15-yanvar kunlari amalga oshirilishi lozim boʻlgan 3 ta reys bekor qilinadi.

 

Yoʻlovchilar oʻz manzillariga yetib olish maqsadida quyidagi muqobil yoʻlovchi poyezdlardan foydalanishi mumkin:

 

12-sonli Toshkent—Buxoro (“Sharq”);

56-sonli Toshkent—Buxoro—Xiva;

58-sonli Toshkent—Buxoro—Shovot;

72-sonli Toshkent—Buxoro—Olot;

125-sonli Andijon—Toshkent—Buxoro—Xiva.

 

Xabarda aytilishicha, xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron xarid qilingan chiptalarni “chipta.railway.uz” saytiga qaytarish mumkin. Chipta 100 foiz qiymatda qaytariladi.

 

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi”, — deyiladi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabarida.

 

Avvalroq “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xavfsizlikni taʼminlash maqsadida poyezdlar harakat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishini maʼlum qilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//