Jamiyat
Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida havo harorati +16 darajadan past boʻlmasligi kerak. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fizika oʻquv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat +18 – 21 daraja, havoning namligi 40−60 foiz boʻlishi kerak.
Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim. Muassasada kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda, davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda hududda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
Informatika oʻquv xonasini yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi. Oʻquv ustaxonalaridagi ish oʻrni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan boʻlishi kerak.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112441
Jamiyat
95105
Jamiyat
91333
Jamiyat
76023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q