Oʻzbekistonda 12-yanvar kuni yogʻingarchilik kuzatilmaydi

Saqlash
21:10 / 11.01.2023 1897 0

Oʻzbekistonda 12-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja sovuq, kunduzi 9-11 daraja sovuq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja sovuq, Ustyurtda 27-30 darajagacha sovuq, kunduzi 12-17 daraja sovuq boʻladi.

 

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja sovuq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja sovuq, choʻl hududlarda kechasi 27-30 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, baʼzi joylarda 20 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, baʼzi joylarda 12 darajagacha sovuq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-1 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

 

Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//