Jamiyat
Ayni kunlarda Oʻzbekiston hududida anomal sovuq kuzatilmoqda. Bunday harorat baʼzi insonlarda allergik reaksiyalarni hosil qilishi mumkin.
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova shu haqdagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.
“Sovuq oqibatida paydo boʻladigan allergiya tananing past harorat taʼsiriga haddan tashqari sezgirligini anglatadi. U koʻproq ayollar va bolalarda kuzatiladi.
Ushbu kasallik, avvalo, immunitet tizimining zaifligi alomatidir. Bunday insonlar sovuq bilan yuzlashganda, organizm noyob patologik oqsil — krioglobulin ishlab chiqara boshlaydi.
U immunitet hujayralari tomonidan yot unsur sifatida qabul qilinib, hujumga uchraydi. Bu jarayonda faol ishlab chiqariladigan gistamin moddasi esa allergik reaksiyaga sabab boʻladi”, — deydi professor.
Xastalik turli koʻrinish va shakllarda namoyon boʻlishi mumkin: eshakemi, rinit, konyunktivit, dermatit, astma. Hatto ogʻir holatlarda baʼzi bemorlarda Kvinke shishi ham hosil boʻlishi mumkin. Ular orasida eng keng tarqalgani eshakemi boʻlib, tanada pufakchalar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi.
Sovuqdan allergiya belgilari izgʻirin harorat taʼsiridan 3-5 daqiqa oʻtgach paydo boʻladi va alomatlar 1-2 soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Qayd etilishicha, kasallikning oʻtkir va surunkali shaklida qoʻl, yuz, yonoq va oyoqlarda kuchli qichishish yuzaga kelib, soʻngra terida qizil dogʻ va pufakchalar hosil boʻladi. Baʼzan titroq, umumiy holsizlik, yurak urishi tezlashishi va boʻgʻimlarda ogʻriq kuzatiladi. Nafas qisishi, taxikardiya, qon bosimi pasayishi, koʻngil aynishi, qusish, qorin ogʻrigʻi bezovta qilishi mumkin.
Oʻtkir respirator virusli kasallikka chalingan, allergiyaga nasliy moyilligi bor, oshqozon-ichak yoʻllari va jigar xastaliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarda sovuq harorat taʼsiriga koʻproq sezgirlik kuzatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q