Bolasiga ilonni ushlatgan ota tushuntirish xati yozdi

Saqlash
16:01 / 10.01.2023 1812 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilonni ushlab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasi undayotgani aks etgan video tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

 

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, voqea Ohangaron tumanining «Go‘shsoy» mahallasida 2022-yilning iyun oyida sodir bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan Ohangaron tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Shohruh Xolboyev «Go‘shsoy» MFYda yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro Feruz Nurboyevning xonadonida bo‘lib, yosh farzandini ilon bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘yib bergani, bu esa bolaning hayoti va sog‘iligiga xavf solishi mumkinligi hamda bunday videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida suhbatlashgan.

 

«Fuqaro o‘z qilmishi to‘g‘ri bo‘lmaganligini tan olib, nojoiz xatti-harakatlari oqibatida farzandiga zarar keltirishi haqida o‘ylamaganligi, ayniqsa, holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi boshqalar uchun ham zarar keltirishi mumkinligini bilmaganligini ta’kidlab, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligini aytib o‘tdi», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish