Chilonzordagi savdo markazda vujudga kelgan vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Saqlash
16:01 / 10.01.2023 1513 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududidagi savdo rastasi qatoridagi soyabonlar qulab tushganligi aks etgan video tarqalmoqda. 

 

Joriy yilning 10-yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ hududidagi 3-4 ayvonlar yon tomoni va 5-6 ayvonlar orqa tomonida yo‘laklarda o‘rnatilgan soyabonlar (naves) qor qalin yog‘ganligi sababli, og‘irlikni ko‘tara olmay egilib tushgan. Shu hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida evakuatsiya qilindi. Ushbu savdo do‘konlari bozor maʼmuriyati bilan hamkorlikda vaqtinchalik yopildi. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish