Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida qizlar o‘rtasida kechgan janjal videotasvirlari tarqaldi. Mazkur holat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilikka Sharof Rashidov tumanidagi o‘rta umumta’lim maktablaridan birida o‘qiydiganlar tomonidan ochilgan telegram kanalidagi o‘zaro yozishmalar sabab bo‘lgan.
«Ayni paytda Jizzax shahrining Bobur mahallasida yashovchi E.H., Ittifoq mahallasida istiqomat qiluvchi R.N. hamda Sharof Rashidov tumanining Bo‘ston mahallasida yashovchi M.H. kabi 9 nafar qiz ishtirokida kechgan janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotir, ana shu tekshiruv natijalariga ko‘ra qonunbuzarlar yoki ularning ota-onalariga tegishli huquqiy choralar ko‘riladi», deyiladi Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Qo‘shimcha ma’lumot berilishicha, 2022-yilning 20-dekabrida yuz bergan ushbu mushtlashuvda o‘rta umumta’lim hamda kasb-hunar maktablari o‘quvchilari, shuningdek oliy o‘quv yurtlari talabalari qatnashishgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
109878
Jamiyat
94214
Jamiyat
90046
Jamiyat
73248
Jamiyat
//
Izoh yo‘q