Surxondaryoda shifokor kaltaklandi

Saqlash
17:25 / 10.01.2023 1557 0

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ikki nafar shaxs shifokorlardan birini urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Hodisa 2023-yil 9-yanvar kuni 14:30 larda Boysun tuman tibbiyot birlashmasida sodir boʻlgan.

 

Maʼlum qilinishicha, ikki nafar shaxs Boysun TTBda shifokor vazifasida ishlovchi F.J. ni urib, tan jarohati yetkazgan va jabrlanuvchi yerga yiqilgan.

 

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida jabrlanuvchiga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Uning xulosasiga koʻra shifokor “yengil” tan jarohati olgani maʼlum boʻlgan.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Boysun tuman IIB tergov guruhi tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//