Madaniyat
“Oyina.uz” maʼnaviy-maʼrifiy portali telegram kanalida oʻtkazilgan “Bugungi oʻzbek adabiyotidagi eng sevimli shoiringiz / yozuvchingiz kim?” mavzusidagi soʻrovnoma va nihoyat yakunlandi. Natijalar esa... kimlar uchundir kutilgan, kimlar uchundir kutilmagan boʻldi.
Adabiyotda har bir ijodkorning oʻz oʻrni bor. Buni soʻrovnomalar orqali belgilab boʻlmasligi kundek ravshan. Uch kun davom etgan onlayn ovoz berish jarayonida yozuvchi-shoirlarning ijtimoiy hayotda faolligi, internetning oʻzbek segmentida taniqliligi, asarlarining faqatgina kitoblarda emas, turli platformalar, messenjerlarda tarqalishi, qoʻshiq va kinoga koʻchgani kabi omillar ham rol oʻynagani sezildi.
Quvonarlisi, soʻrovnoma ijtimoiy tarmoqlardagi adabiy davralardan tashqari boshqa sohadagi ommaviy guruhlarda ham keng yoyildi. 53 700 dan ortiq koʻrildi, 18 496 ta ovoz berildi. Soʻrovnoma 111 ta ommaviy, 998 ta shaxsiy muloqotlarga ulashildi.
Soʻrovnoma guruhlarga xolisona emas, balki falonchiga ovoz berib yuboring qabilidagi iltimoslar bilan tarqatilgani afsuslanarli. Ovoz berishda tarafkashlik, mahalliychilik, kim oʻzar poyga kabi salbiy holatlar kuzatilgani haqida tahririyatga turli faktlar, murojaatlar kelib tushdi. Adabiyotda bosh mezon haliyam adabiyot emas, degan xulosa chiqarish qanchalar ogʻir.
Xullas, shu va shu kabi bir qator oʻylab koʻrishga arziydigan, hatto ogʻriqli mulohazalar uygʻotgan soʻrovnoma natijalari bilan tanishing.
“Oyina.uz” maʼnaviy-maʼrifiy portalining “Bugungi oʻzbek adabiyotidagi eng sevimli yozuvchingiz kim?” soʻrovnomasi natijalari:
1. Erkin Aʼzam – 26 % (1890 ta);
2. Isajon Sulton – 19 % (1445 ta);
3. Nazar Eshonqul – 16 % (1175 ta);
4. Murod Muhammad Doʻst – 14 % (1006 ta);
5. Xurshid Doʻstmuhammad – 7% (530 ta);
6. Xayriddin Sulton – 5 % (352 ta);
7. Luqmon Boʻrixon – 4 % (326 ta);
8. Zulfiya Qurolboy qizi – 4 % (279 ta);
9. Sobir Oʻnar – 3 % (234 ta);
10. Abduqayum Yoʻldosh – 2 % (165 ta).
“Oyina.uz” maʼnaviy-maʼrifiy portalining “Bugungi oʻzbek adabiyotidagi eng sevimli shoiringiz kim?” soʻrovnomasi natijalari:
1. Usmon Azim – 34 % (3716 ta);
2. Iqbol Mirzo – 33 % (3659 ta);
3. Sirojiddin Sayyid – 13 % (1446 ta);
4. Xurshid Davron – 6 % (716 ta);
5. Zebo Mirzo – 5 % (526 ta);
6. Eshqobil Shukur – 3 % (337 ta);
7. Xosiyat Rustamova – 2 % (247 ta);
8. Faxriyor – 2 % (182 ta);
9. Halima Ahmad – 1 % (165 ta);
10. Yoʻldosh Eshbek – 1 % (100 ta).
Eslatib oʻtamiz: hech bir soʻrovnoma mutlaq haqiqatni aks ettirmaydi, tugal xulosa chiqarishga asos boʻlmaydi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q