Ilm-fan
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ish boshladi.
Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur anjuman xalqaro ilmiy muloqot uchun muhim maydon sifatida namoyon boʻlmoqda. Tadbirda 20 ga yaqin mamlakatdan 300 nafarga yaqin olim, ekspert, diplomat, shuningdek jamoatchilik vakillari ishtirok etyapti.
Konferensiyaning ochilish marosimida maʼruzachilar Amir Temur va Temuriylar davrining davlatchilik anʼanasi, diplomatiyasi, harbiy sanʼati hamda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi oʻrnini yakdil eʼtirof etdi. Ayniqsa, oʻsha davrning Sharq Renessansi shakllanishidagi ahamiyati, jahon sivilizatsiyasiga koʻrsatgan taʼsiriga alohida eʼtibor qaratildi.
.jpg)
Yalpi majlis va shoʻba yigʻilishlarida davlat boshqaruvi va diplomatiya, harbiy strategiya, meʼmorchilik va shaharsozlik, ilm-fan va taʼlim rivoji kabi yoʻnalishlarda ilmiy maʼruzalar taqdim etilmoqda. Mutaxassislar Temuriylar davri merosini zamonaviy ilmiy yondashuv asosida oʻrganish masalasini ham muhokama qilmoqda.
Konferensiya yakunida muhim ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, Temuriylar merosini chuqur oʻrganish va xalqaro miqyosda keng targʻib etishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslar ilgari surilishi kutilyapti.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90846
Jamiyat
75643
Jamiyat
//
Izoh yo‘q