Ilm-fan
Rossiyaning “Komsomolskaya pravda” gazetasida chop etilgan tahliliy material oʻzbek milliy oshxonasini shunchaki pazandalik emas, balki millat genofondini asrovchi “XIX asr bioxakingi” va davlat suverenitetining mustahkam poydevori sifatida dunyoga taqdim etdi. Ushbu xalqaro eʼtirof zamirida milliy gastronomiyani ilk bor fundamental manbashunoslik, qiyosiy madaniyatshunoslik, antropologik nutritsiologiya va strategik gastrodiplomatiya chorrahasida namoyish etgan olima Iroda Dadajonovaning strategik missiyasi yotibdi. Uning izlanishlari milliy meros kodini zamonaviy ilm-fan tiliga “tarjima qilish” orqali oʻzbek pazandalik falsafasini global miqyosdagi intellektual trendga aylantirishga xizmat qilmoqda.
.jpg)
Iroda Dadajonova tomonidan ilgari surilayotgan konsepsiya qisqa fursatda madaniy ekspansiyaning uchta muhim bosqichini zabt etdi: Samarqand forumida ilk bor jahon ekspertlariga taqdim etilgan “Oʻzbek kulinar kodi” konsepsiyasi milliy merosga boʻlgan xalqaro qarashlarni tubdan oʻzgartirib yubordi. Rossiyaning bosh axborot kanali – “Mayak” radiosi efirida olima oʻzbek taomlarining falsafiy va tibbiy ildizlarini tizimli ilm sifatida shaxdamlik bilan isbotlab berdi. “Komsomolskaya pravda” nashridagi fundamental tahlil Samarqand forumi va media-chiqishlarni yagona ilmiy zanjirga birlashtirib, oʻzbek pazandalik falsafasini dunyo afkor ommasi uchun “Kelajak kutubxonasi” sifatida muhrladi.
Manbashunos, madaniyatshunos olima oʻzbek pazandalik falsafasini millatning “tirik kodi” sifatida tadqiq etib, uning xalqaro maydondagi bosh ideologiga aylandi. U ilgari surgan konsepsiya quyidagi fundamental ustunlarga tayanadi:
Konsepsiyaning oʻzagi sifatida I.Dadajonova ilk bor fors tilidagi noyob qoʻlyozmalarni ilmiy tadqiqotga jalb etdi. Mullo Oshur Qori Vozehning murakkab forsiy matnini mahorat bilan tabdil qilish orqali, olima asrlar davomida yashirin yotgan “XIX asr bioxakingi” – inson salomatligi va genofondini boshqarishning mukammal tizimini ilmiy muomalaga kiritdi.
Qoʻlyozmalardagi tibbiy-falsafiy oʻgitlar asosida milliy taomlarimizning nafaqat ozuqa, balki tarixiy epidemiyalar davrida xalqni asrab qolgan “tabiiy antibiotik” va millat xavfsizligini taʼminlovchi strategik qurol ekani ilmiy asoslandi. Palov va boshqa milliy taomlarning xalqaro muloqotlardagi oʻrni shunchaki mehmondorchilik emas, balki davlatning gastronomik suvereniteti va tashqi siyosiy maydondagi oʻziga xos “intellektual diplomatiyasi” sifatida yangi rakursda ochib berildi.
Bugun Iroda Dadajonova Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti jahonning yetakchi ilm-fan dargohlari diqqat markaziga aylandi: Rossiya Prezident akademiyasi Gastrodiplomatiya markazi direktori Leonid Gelibterman taklifiga koʻra amalga oshirilgan intellektual muloqot Oʻzbekiston madaniy merosini dunyo afkor ommasiga mutlaqo yangi – futuristik rakursda namoyish etdi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90846
Jamiyat
75643
Jamiyat
//
Izoh yo‘q