
Jamiyat
Energetika vazirligi matbuot shtabi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalardan ogohlantirdi.
Vazirlik fuqarolardan gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishni soʻragan:
isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning moʻri va havo almashish yoʻlaklarini mutaxassislar tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlang;
gaz jihozlarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini oʻzgartirmang;
nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jihozlarini taʼmirlashga yoʻl qoʻymang;
gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda boʻlishini taʼminlang;
moʻri va havo almashish yoʻllarining texnik jihatdan soz boʻlishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;
yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yoʻl qoʻymang;
gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;
tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;
gaz quvurlariga har xil soʻrgʻichlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymang;
gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;
bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib oʻchirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti boʻlimiga (104) qoʻngʻiroq qiling.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q