10-yanvar kuni ayrim hududlarda harorat 10 daraja sovuqqacha pasayadi

Saqlash
13:01 / 09.01.2023 1101 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 10-yanvar, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo bulutli boʻladi, qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

 

Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

 

Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

 

Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushadi. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish