Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi koʻpayib boryapti” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu maʼlumotlarning haqiqatga zid ekanligini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bolalar orasida oʻtkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning soʻnggi koʻtarilishi oʻtgan yil kuz oylariga toʻgʻri kelgan. Oʻsha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qoʻshimcha shifo oʻrni yaratilgan.
Hozir holat barqaror boʻlib, xastalanish koʻrsatkichlari keskin kamaygan. Agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa oʻtkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu boʻyicha rasmiy axborot berilishi qayd etilgan.
“Qishki iqlim sharoitida farzandlaringizning salomatligiga, ayniqsa, kiyinishi va ovqatlanishiga jiddiy eʼtibor bering. Bu xildagi feyk xabarlarga ishonmang”, — deyiladi SSV xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q