Jamiyat
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, endilikda bir yil davomida 1-sinflar uchun oʻquv haftaligi 33 hafta, 2 – 11-sinflar uchun esa 34 haftadan oshmasligi kerak.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabariga koʻra, maktablarda haftalik oʻquv yuklamasining maksimal darajasiga boʻlgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilangan:
1-sinflar uchun haftasiga oʻqish 22 soatdan oshmasligi kerak. Darslar kuniga 4 soatdan, haftada 2 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi) kerak;
2 – 4-sinflar uchun darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi) kerak;
5 – 9-sinflar uchun darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;
10 – 11-sinflar uchun darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q