Oʻzbekiston armiyasi dunyodagi kuchli armiyalar reytingida 62-oʻrinni egalladi

Saqlash
09:01 / 07.01.2023 2448 0

Global Firepowerʼning 2023-yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida Oʻzbekiston 145 ta davlat orasida 62-oʻrinni egalladi.

 

Oʻzbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta oʻquv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta oʻziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta yoppasiga oʻq uzish tizimlari mavjud.

 

Oʻzbekistonda xizmatni oʻtashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga toʻldirilmoqda. Ayni paytda Oʻzbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.

 

Reytingda kuchli uchlikni AQSH, Rossiya va Xitoy egalladi.

 

Qoʻshni mamlakatlar Qozogʻiston 63, Turkmaniston 82, Qirgʻiziston 107, Afgʻoniston 114, Tojikiston 120-oʻrindan joy oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish