Jamiyat
Joriy yilning 4-yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar N.M. va K.A.lar, kechki yo‘riqnomaga kelmaganliklari va ma’muriyatning ruxsatisiz muassasa hududini tark etganliklari haqida xabar berilgan edi.
IIV JIED axborot xizmati qo‘shimcha qilishicha, mahkumlar ushlangan.
Amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida joriy yilning 5 dan 6-yanvarga o‘tar kechasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan bo‘lib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqchisiz, erkin yurish, ishlash, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanish huquqidan foydalanadilar.
Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qat’iy nazorat ostiga, ya’ni ilgari jazo muddatini o‘tagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladilar.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q