Ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

Saqlash
17:16 / 06.01.2023 1179 0

Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ayollarning ish kunini bir soat kech boshlash va bir soat erta tugatish taklifini bildirdi.

 

“Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak.

 

Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi.

 

Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi”, – deydi deputat.

 

Qayd etish mumkin, Milliy tiklanish partiyasi raisi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining farzandi Maktabgacha ta’lim tashkilotida tahsil oluvchi ayollarning ish vaqti maoshlari kamaytirilmagan holda qisqartirilishi haqidagi xabarga javoban ushbu taklifni bildirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//