Sirdaryoda gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i pora bilan ushlandi

Saqlash
21:58 / 05.01.2023 1072 0

Sirdaryo viloyatida gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so‘m zarar aniqlanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//