Jamiyat
Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori Mamatqul Azizov “Dok-1 Maks” preparatining og‘ir asoratlari va 15 nafar bolaning o‘limi haqida rasmiy xabar berib diqqat markaziga tushgandi. Keyinchalik uning o‘zi kech xat chiqarganlik ayblovi bilan ishdan bo‘shatildi.
Avvaliga 15 nafar, keyinchalik yana 4 nafar bolalarning o‘limi O‘zbekistonda 2022-yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusiga aylandi. Jamoatchilik bu mavzuni ko‘targan mutaxassisning o‘zi aybdor sifatida jazolanganini qattiq qoraladi.
2022-yilning so‘nggi kunlarida hukumat tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi, xususan Sog‘liqni saqlash vaziri almashdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda bosh shifokorni o‘z ishiga tiklash bo‘yicha harakat boshlangan. Ayni paytda zarur hujjatlar tayyorlanyapti va tez orada professor Mamatqul Azizov oldingi lavozimida ishini davom ettirishi mumkin.
Sport
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
112103
Jamiyat
94789
Jamiyat
90828
Jamiyat
75629
Jamiyat
//
Izoh yo‘q